Qo'shiq matni / Текст песни
SEn ketting o'zgani qo'lin tutib
Men qoldim ortingdan alam yutib
Yashardim dunyoda bir seni kutib
Sen ham meni tashlab ketding sevganim
Mendan kechib o'zgani yori bo'lding
O'sha kecha bir bor oydek to'lding
Bilmading sevgi to'la dilimni
Olmading senga bergan gulimni
Yangalaringga ayt meni aldamasin
Boshqa qizni toping deb avramasin
Ahir qaydan izlay senday gulni
Qiynamasin jonimni qiynamasin
Endi meni ko'chamda hazon yig'lar
O'zganiki bo'lganing qalbim tig'lar
Ko'zlarimda alamlarim ko'rib bu kecha
To'rtta devor yupatar dardim tinglar
Sovuqlarda qoldimku men bechora
Bir dilbar aldadi qildi nachora
O'sha go'zal bevafoni labidan kechib
Unutishdan o'zga, o'zga yo'q chora
Yangalaringga ayt meni aldamasin
Boshqa qizni toping deb avramasin
Ahir qaydan izlay senday gulni
Qiynamasin jonimni qiynamasin
Yangalaringga ayt meni aldamasin
Boshqa qizni toping deb avramasin
Ahir qaydan izlay senday gulni
Qiynamasin jonimni qiynamasin