Noaniq - Itoatgo'y ayol
Qo'shiq matni / Текст песни
Men safarga ketyapman hotin ruhsatimsiz chiqma ko'chaga
Ho'p bo'ladi dedi ayol jim hotirjamlik cho'kdi o'rtaga
Ikki kuncha o'tib oradan taqilladi darvoza sekin
Kim u, ayol so'radi undan, men otangning do'stiman qizim
Otang betob yotibdi uyda shuni senga aytgani keldim
Ayol dedi titroq kuyda, shifo bersin yaxshiyam bildim
Borolmayman lekin ming afsus erim ketgan olis safarga
Chiqma degan ko'chaga essiz, kelsa borib kelamiz birga.
Ikki soat o'tmasdan yana taqilladi darvoza qattiq
Kim u, ayol dedi baralla ukangizman gapirdi achchiq
Otam bir-oz og'ir ahvolda sizni so'rab kutyabdi halak
Padaringiz ahir har xolda tosh emasdur sizdagi yurak
Ukajonim xato o'ylama pochchang kelsin safardan qaytib
Hech qayerga chiqma deganda shifo bersin borib qo'y aytib
Uka ketdi qaytib ortiga, opa biroz siqildi yondi
Alam qildi ketolmay birga sadoqati tufayli qoldi
Ikki kundan keyin darvoza taqilladi yaqinroq tushga
Ayol ko'ngli o'rtanib rosa ulgurmadi kim-u deyishga
Opa, otam qildilar qazo bosmadingiz bir bora qadam
Ayol yig'lab derdi Ey-Hudo jannatlarga kirsinlar dadam
Xechnarsani o'ylamay ayol darvozadan chiqmoqchi bo'ldi
Shu payt ketdi eriga hayol choram yo'q deb yerga yiqildi
Uka jaxil qildiyu qaytdi tushunmasdan opani bir zum
Shunday bo'lgan zamon u payt telefonlar bo'lmagan udum
Uch kun o'tib safardagi er qaytib keldi sog'-u salomat
Voqeani tinglab eri der bormapsanda attang o'sha payt
Gapingizni yerda qoldirsam gunohidan qo'rqaman buni
Indamasdan bilganim qilsam qiynalaman ohirat kuni
Yig'lagancha uhladi ayol tushga kirdi o'lgan otasi
Unga kulib qo'ydida xiyol qizim yaxshi dedi hamasi
Bir amaling yoqib Hudoga Olloh menga mukofot berdi
Itoatgo'y bo'lganding erga Jannatiymiz hammamiz endi
Qara jannat vilxatlarida onang, ukang, ering va o'zing
Qarindoshlar jamdur barida oldinda ham yorug'dir yuzing
Qay holatda bo'lsa ham bari jannatlarga bo'lar musharraf
Sevintirding jon qizim mani sening otang ekanim sharaf!