Qo'shiq matni / Текст песни
Tomchi-tomchilab yog'adi yomg'ir
Qaydadir meni eslaydi kimdir
Tomchi-tomchilab yog'adi yomg'ir
Shu bugun meni eslaydi kimdir
Bugun uylar derazalari yig'lar
Eslab-eslab sog'inganida kimlar
Ma'yus oqar oynalarida yoshlar
Nechun ezar sog'inganida kimlar
Tomchi-tomchilab yog'adi yomg'ir
Qaydadir meni eslaydi kimdir
Tomchi-tomchilab yog'adi yomg'ir
Shu bugun meni eslaydi kimdir
Ne uchun yomg'ir bunchalar sirli...
Qanchayin sovuq, shunchalar zavqli
Ne uchun ya'na, o'zgani baxti
Sog'inganida xasrati dardli
Tomchi-tomchilab yog'adi yomg'ir
Qaydadir meni eslaydi kimdir
Tomchi-tomchilab yog'aver yomg'ir
Shu bugun meni eslaydi kimdir