Sardor Rahimxon - Musofir Qo'shiq matni, lyrics
Qo'shiq matni / Текст песни
Uyqu yo'qmi do'stim bu oqshom
Nega yana xomushsan bu payt
Yoki yana olis yurtlarda
O'z yurtingni sog'indingmu ayt
Yoki yana olis yurtlarda
O'z yurtingni sog'indingmu ayt
O'zga yurtda yuraging tig'lab
Sog'indingmu Vatan havosin
Bugun yana ko'zlaring namlab
Sog'indingmu onang ovozi
Bugun yana ko'zlaring namlab
Sog'indingmu otang ovozi
O'zingga bek yurarding bugun
Kim ekanin bilarmi bolang
Uzoq yurtda bo'lganing uchun
Tushlaringga kirdimi onang
O'zga yurtda bo'lganing uchun
Tushlaringga kirdimi onang
Oh urasan osmonga qarab
Ohlaringda sog'inch hisi bor
Yaqinlaring diydorin qumsab
Yana tuning o'tdimu bedor
Yaqinlaring diydorin qumsab
Yana tuning o'tdimu bedor
Yuragingga to'lganda alam
Topilmaydi ko'ngil ovunchi
Yomon ekan do'stim juda ham
Olislarda Vatan sog'inchi
Yomon ekan do'stim juda ham
Olislarda yurtda Vatan sog'inchi
Uzoqlarda VATAN so'ginchi!
P.S Yaqinlarimizni borida qadrlaylik.