Dilnoza Ismiyaminova - Yor-yorlar (Minus)
Qo'shiq matni / Текст песни
Dilnoza Ismiyaminova - Yor-yorlar (Qo'shiq matni)
Endi seni sog`inmay qo`ydim,
Kelishingni kutmayman, to`ydim.
Sog`inadi deb o`ylama,
Soxta sevgingdan kuydim.
Men sevgiga ishonmay qo`ydim,
Yolg`oningdan charchadim, to`ydim.
Xasta yurak, qo`y yig`lama,
Muhabbatingdan kuydim.
Yor-yorlar aytmang qulog`imga,
Men baxtga yengildim.
O`lanlar aytmang qulog`imga,
Men sevgiga taslim bo`ldim. (x2)
Endi meni so`ginmay qo`ygin,
Chin sevgimni yolg`onga yo`ygin.
Qaytib kelar deb o`ylama,
O`zga yoringni suygin.
Meni unut, eslama, bag`ritoshim,
Endi afsus, yetmaydi bardoshim.
Alamlardan egildi boshim,
Qolib ketdi ko`zimda yoshim.
Yor-yorlar aytmang qulog`imga,
Men baxtga yengildim.
O`lanlar aytmang qulog`imga,
Men sevgiga taslim bo`ldim. (x2)
(Yor-yorlar… taslim bo`ldim…)
Yor-yorlar aytmang qulog`imga,
Men baxtga yengildim.
O`lanlar aytmang qulog`imga,
Men sevgiga taslim bo`ldim.
Bizda qo'shiqlar va minuslar matni bilan http://dodasi.com