Farrux Xamrayev - Dil iztirobi
Qo'shiq matni / Текст песни
Har bir inson yuragida o'kinch bor
Yuragini ezib yurgan sog'inch bor
Yashiradi g'amlarini u bag'riga
Lekin yuzlarida doim quvonchi bor
Har bir inson yuragida alam bor
Halovatini o'g'irlagan sanam bor
Ayirsalar bir-biridan sevishganni
Yuragiga taskin uchun qalam bor
Dil iztirobi, bunchalar yomon
Dil iztirobi, qiynaydi hamon
Dil iztirobi, qo'ymaydi omon
Dil iztirobi, tanlamas zamon
Dil iztirobi, bunchalar yomon
Dil iztirobi, qiynaydi hamon
Dil iztirobi, qo'ymaydi omon
Dil iztirobi, tanlamas zamon
Har bir inson taqdiri har xil bo'lar
Ba'zi erta, ba'zi kech omad kelar
Kimdur eng yaqinlariga aldanar
Kimdur jondan ortig'idan ayrilar
Har bir inson onani avaylasin
Otasi borlar otani avaylasin
Shunday insonni Olloh o'zi siylasin
Qarigan chog'ida ham baxtli yashasin
Dil iztirobi, bunchalar yomon
Dil iztirobi, qiynaydi hamon
Dil iztirobi, qo'ymaydi omon
Dil iztirobi, tanlamas zamon
Dil iztirobi, bunchalar yomon
Dil iztirobi, qiynaydi hamon
Dil iztirobi, qo'ymaydi omon
Dil iztirobi, tanlamas zamon