Ummon - Bir kun
Qo'shiq matni / Текст песни
Ummon - Bir kun (Qo'shiq matni)
Bir kun bedooor....
Yana bir kun...
Oldingi kunlar qolib ketti ortda
Oldingidek birga bo'lolmasak kerak
Agar bo'lolsak qilmasdan inkor
Jonim berardim evaziga senga
Lekin u qaytmaydi endi hech qachon
Yuragimga bermaydi bir imkon
Bu azoblardan xalos et osmon
Lekin u bilmaydi endi hech qachon
U siz qanday qiyin o'tkan tunlar
Umid qilgandim bermadi imkon
Bir kun bedor o'yla meni, men seni har kun o'ylaganday
Bo'ldim bezor hech ham seni hayollarimdan o'chirolmay
Yana bir kun meni sev oldingidagiday sevganday
Shunday bir kun keyin mayli roziman ortiq yashamay
Ko'z ochib ko'rganim bu san san
Sandan ortiq hech kim kerakmas bilasan
Bilasanmi sansiz dunyoni ranglari bo'ldi qora
San bilan edi oppoq paxta
Oppoq orzularimizni qilding kir
Ko'ksing ortida yurakmi yoki temir
Qani vadalaringa vafo qani mehr
Nima qilding mani bu qanday sehr
Bir kun bedor bo'lib o'yla mani
Har kuni man sani o'ylaganim kabi
Osmonlarga qara so'ra mani
Har kuni man sani so'raganim sari
Uzoqlashib ketmoqdasan bo'lib bulut
Shuncha baqirganimga javob bo'ldi sukut
San mani yuragimni yulib ketkan burgut
Avval o'ldir mayli kegin unut
Sen bag'ring ochib kel sog'indim kel sog'indim de
Shuncha kutkandimku kelmadiyu unuttimu
Unutaolmadim...
Yig'ladi tunlar yig'ladi
Yig'ladi yurak yig'ladi
Sog'inch o'ydi dilni bilmadi
Oldingidak o'ylamadi
Bir kun bedor o'yla meni men seni har kun o'ylaganday
Bo'ldim bezor hech ham seni hayollarimdan o'chirolmay
Yana bir kun meni sev oldingidagiday oldin sevganday
Shunday bir kun keyin mayli roziman ortiq yashamay
Yana bir kun...
Bizda qo'shiqlar matni bilan http://dodasi.com