Sarvar va Komil (Benom) - Fevral
Qo'shiq matni / Текст песни
Sarvar va Komil - Fevral (Qo'shiq matni)
Shoshma fevral, sokin shahar
Uni xamon sog'inmoqdaman
To'xta fevral, mahzun tunlar
Uni tinmay kutmoqdaman
Shoshma fevral, so'nggi mahal
Biz kutgan qor yog'averar
To'xta fevral yurak so'rar
Sen ketsang u ham ketar
Yo'llar uzun xamrohim tun
Yolg'izlanib qolgandekman
Sensiz shahar ichra bugun
O'zimni yo'qotgandekman
Maydalab tomchilar yomg'ir yog'averar
Berkitgandek ko'z yoshimni
Vaqt to'xtamay o'taverar
Go'yo sinar bardoshimni
Shoshma fevral, sokin shahar
Uni xamon sog'inmoqdaman
To'xta fevral, mahzun tunlar
Uni tinmay kutmoqdaman
Shoshma fevral, so'nggi mahal
Biz kutgan qor yog'averar
To'xta fevral, yurak so'rar
Sen ketsang u ham ketar
Sevmayman deb aytgin bir bor
Sevgan ko'zlarimga qarab
Sen yiroqlab ketting nogoh
Yashayapman kunlar sanab
Orzular manzili doim birga edi
O'shxardik bir-birimizga
So'nggi bekat o'zga bo'ldi
Yetolmadik sevgimizga
Shoshma fevral, sokin shahar
Uni xamon sog'inmoqdaman
To'xta fevral, mahzun tunlar
Uni tinmay kutmoqdaman
Shoshma fevral, so'nggi mahal
Biz kutgan qor yog'averar
To'xta fevral yurak so'rar
Sen ketsang u ham ketar
Dodasi.com - Mp3lar matni bilan