Qo'shiq matni / Текст песни
Endi seni sog'inmay qo'ydim
Kelishingni kutmayman to'ydim
Sog'inadi deb o'ylama
Soxta sevgingdan kuydim
Men sevgiga ishonmay qo'ydim
Yolg'oningdan charchadim to'ydim
Xasta yurak qo'y yig'lama
Muhabbatingdan kuydim
Yor-yorlar aytmang qulog'imga
Men baxtga yengildim
O'lanlar aytmang qulog'imga
Men sevgiga taslim bo'ldim
Yor-yorlar aytmang qulog'imga
Men baxtga yengildim
O'lanlar aytmang qulog'imga
Men sevgiga taslim bo'ldim
Endi meni sog'inmay qo'ygin
Chin sevgimni yolg'onga yo'ygin
Qaytib kelar deb o'ylama
O'zga yoringni suygin
Meni unut eslama bag'ritoshim
Endi afsus yetmaydi bardoshim
Alamlardan egildi boshim
Qolib ketti ko'zimda yoshim
Yor-yorlar aytmang qulog'imga
Men baxtga yengildim
O'lanlar aytmang qulog'imga
Men sevgiga taslim bo'ldim
Yor-yorlar aytmang qulog'imga
Men baxtga yengildim
O'lanlar aytmang qulog'imga
Men sevgiga taslim bo'ldim