Qo'shiq matni / Текст песни
Bir bolakay kirdi masjidga
O'zi edi juda xam xomush
Masjid ahli undan so'rdilar
Bolajonim kelding ne yumush
Shunda bola chuqur xursindi
Ko'zlariga bir oz olib yosh
Va bolakay javoban dedi
Allohimdan bor edi so'rash
Ayting bobo ayting amaki
Xudo meni eshitadimi
Bu yerda kim aylasa tilak
Shu tilakka yetishadimi
Dedilar ayt ne tilaging bor
Xayron bo'lib so'z qotdi ular
Chin ko'ngildan sof niyat ila
So'rasang gar beradi xudo
So'raging beradi xudo
Go'dak shunda qarab qiblaga
Ko'z yoshlarin to'kdi yashirmay
Jajji qo'lin ochib duoga
Bir narsalar der edi tinmay
Bir nimalar der edi tinmay
Shunda ular unga so'z qotdi
Duoingni eshitsin hamma
Sen uchun ham duo qilaylik
O'tinchingni eshitsa zora
Ovozini baralla ochib
Dedi xudo ey xudojonim
Duoimni qabul qil egam
Qaytar meni sen onajonim
Onamsiz men qanday yashayman
Yonimda zor yig'laydi ukam
Aytgin xudo nima qilay man
Nahotki bu dunyo bir kam
Murg'ak go'dak zor qaqshab yig'lar
Duosini duosini davom qilib der
Xudojonim jonginam xudo
Hech bo'lmasa otam qaytib ber
Otam qaytib ber..
Masjidga bir tushdi sovuqlik
Hech kim bir so'z kalom deyolmas
Odamlarning vujudi titrar
Nechun bilmam omin deyolmas
Bir on jimin so'ngra ya'na u
Bilmam der ular qaytmaydi
Duolarim qabul qil egam
Joylarini jannat et mayli
Lekin erta ya'na qaytaman
Javobingni aytasan menga
Jannatingdan joy bersang agar
O'yinchog'im beraman senga
Qo'llarini tortib ominga
Ko'z yoshlarin artganday bo'ldi
Qo'llarini qo'yib ko'ksiga
Amakijon duoyim bo'ldi
Ayting xudo meni ko'rdimi
Tilagimni eshitgandira
Ertaga ham kelsam maylimi
Mendan jaxli chiqmagandira
Bolajonim u dir rahimdil
Duoyingni albat eshitti
Inshaolloh ota-onangni
Joylarini jannatda etti
Inshaolloh ota-onangni
Joylarini jannatda etti
http://Dodasi.Com - 998903158421