Показать меню

1
+5


Описание:

98d4394c fa54 4729 aa39 5a3aaf04262d
 

Bu aktrisadan ko`pchilik hayiqib turadiNegakio`ziga xos fe`litalabchanligi va erkaligi borEhtimolmana shu jihatlar uni sevimli san`atkorlar qatoridan joy olishiga turtki bo`lgandirBoshqa hamkasblaridan farqli o`laroq u ekranda xunuk ko`rinishdan cho`chimaydiQaytangagrim ustasi hamda liboslar bo`yicha dizaynerlarning ishini ham engillashtiribkerak bo`lsaularning vazifasini ham bajarib ketaveradiAyni kunlarda har doimgidan ham band bo`lganRa`no ShODIEVA bilan "Sug`diyona" gazetasi ijodkori samimiy suhbat uyushtirdi.

— Qo`ng`iroq qilganimda «Kechki payt o`qishda bo`laman», dedingizKasbiy malakangiznioshirayapsiz chog`i?

— Bu yil kino olamiga kirib kelganimga yigirma olti yil bo`ladi. Yillar davomida juda ko`p mahoratli ijodkorlar bilan ishladim, har biridan o`rganganim tajribamni oshirdi. Va hayotimning ayni shu pallasiga kelib, o`zim uchun san`atning yana bir yo`nalishi — ssenariynavislik sohasini kashf qilayapman. Qo`ng`iroqlashganimizda aytganim shu edi. Birinchi bosqichdan o`tolsam, o`qishni davom ettiraman, nasib qilsa, ssenariy ham yozib ko`rmoqchiman.

— Bu fikr xonanda Ulug`bek Raxmatullaevning «Tabib» klipidan so`ng paydo bo`lmadimi?

—Mazkur klipdagi rolimdan keyin bir qancha kutubxonalardan takliflar tushdi «Yozgan kitobingizni bizga bering» degan mazmunda. Muxlislar orasida ham «Kitobingiz chiqibdi, qaerdan topsak bo`ladi» deya so`raganlar ko`p bo`ldi. Ana shular turtki bo`lib, ssenariynavistlik kursida tahsil ola boshladim va badiiy asar yozish istagi paydo bo`ldi.

2706ea1a 88e2 4373 b679 f8e747d7085d
 

— Yigirma olti yil oz-muncha muddat emas!

— Ijodimni o`n uch yoshimda boshlaganman (kulib). Vaqtning o`tishini qarang!

— Yana ko`p yillar ijod qilishingizni tilab qolamiz!

— Rahmat! Aytganingiz kelsin!

— Ko`pchilik bosh rollarda ko`rinmay qolganingizning sababiga qiziqayaptiSo`nggi suratgatushgan filmlaringizda asosan epizodlardasiz?

— Avvaldan bosh rolda ham, epizodda ham birdek suratga tushganman, son jihatdan hozirgidan ko`proq bo`lgandir, balki. So`nggi yillarda esa sanoqli filmlarda ishtirok etdim. Buning o`ziga yarasha sabablari bor. Magistraturada o`qidim, ilmiy ish yoqladim, uchinchi bor ona bo`ldim, kichkintoyimning parvarishi uchun s`yomka ishlarini chetga surib turdim. Qolaversa, ikkala farzandim birin-ketin oliygohga o`qishga kirishdi. O`g`lim Turin politexnika universiteti talabasi bo`ldi. Qizim Toshkent Pediatriya instituti liseyini tamomlayapti. Bolajonlarimning shirin tashvishlari bilan bo`lib, bir muddat kinodan uzoqlashdim. Rejissyorlardan yaxshi takliflar tushganida esa vaqtim ziqligi bois ko`pini qaytarishga to`g`ri keldi. Afsuslandim, albatta, ammo hozirgi paytda oilam men uchun birinchi o`rinda. To`g`ri, yigirma olti yil mobaynida yaqinlarim biror marta ham ijodimga qarshi bo`lishmadi. Aksincha, oilam hamisha meni qo`llab-quvvatlab kelishgan. Lekin kenjatoyim dunyoga kelganidagi onalik hissi boshqacha bo`ldi. O`g`lim bilan qizimning qanday qilib ulg`ayib qolganini sezmay qolganman, ish, yugur-yugurlar bilan bo`lib, farzandlarimning bolaligiga to`ymagan ekanman. Ana shu sog`inchni kenjatoyimdan topdim. O`zim bog`chasiga olib boraman, birga shug`ullanamiz, bolalar maydonchalariga boramiz, xullas, onalikning barcha zavqu shavqini qaytadan tuyayapman. Lekin bu bilan kinodan ham uzilib qolganim yo`q, mart oyida «Isnod» deb nomlangan film premerasi rejalashtirilayapti. Ana shu kartinada meni tamoman boshqa obrazda ko`rasiz. O`ylaymanki, ijrom tomoshabinlarga yoqadi. Biroq bu safar salbiy qahramonni gavdalantirganman.

— Ra`no Shodieva salbiy obrazdaNahotki?

— (kulib) Ha, xuddi shunday. Film odam savdosi va OITS mavzusiga bag`ishlangan. Turmush o`rtog`im «O`zingni sinab ko`rasan, boshqa qirralaring ham ochiladi», deya maslahat berganlaridan so`ng rozi bo`ldim. Ammo bunchalik salbiy qahramonni ijro qilmagandim hali. Xarakterimga ko`ra talabchanman, qattiqqo`l onaman, lekin kimgadir yomonlik qilish qo`limdan kelmaydi. Qattiq gapirish, baqir-chaqir menga emas, nima bo`lganida ham juda sabrliman. Shunga ham qahramonim bilan tanishgach, «Qanday uddalayman, eplarmikanman», deya o`ylandim. Yaqinda filmning premeradan oldingi namoyishi bo`lib o`tdi, avvaldan birga ishlab kelgan rejissyorlar «Ra`no, sizdan buni kutmagandik», deyishdi. Demak, rolim yaxshi chiqibdi-da, dedim.

Cb5bb782 ac64 469f b894 43fbcc37c349
 

— Premeradan so`ng tabiiyki salbiy rollarga takliflar ko`payadi?..

— Va men rozi bo`laman, agar obraz ma`qul kelsa (kulib). «Isnod»dagi qahramonim meni nimasi bilan qiziqtira olganini aytaymi, birinchidan, bunday ayollarni sira uchratmaganman. U shunchalar makkorki atrofidagi odamlarni osonlik bilan o`ziga qarata oladi. U insonlar psixologiyasini, biladi, kimga qanday muomala qilish, qanday so`zlashish — barini yaxshi o`zlashtirgan. Lekin nima uchun qing`ir yo`lni tanlaganini bilolmadim, garchand har kimning o`z haqiqati bor deyishsa-da, qahramonimni hech qanaqasiga oqlamayman. Personajimga bilasizmi, qanday ta`rif beraman — «Farishta qiyofasidagi iblis». Shu rolim orqali oramizda ichiqora insonlar ham borligini ko`rsatib bermoqchi bo`ldim.

— Tomoshabinlarga «Kosmos» taxallusi bilan tanish bo`lgan rossiyalik aktyor Dmitriy Dyujevbilan ishchi nomi «U» («Ona») qisqa metrajli kartinada suratga tushdingizO`n besh daqiqalikasar sizni nimasi bilan qiziqtira oldi?

— Kartina o`n daqiqa davom etadi. Filmda Dmitriy Dyujev, Karim Mirhodiev va men ishtirok etdik. Juda chuqur falsafiy ma`noga ega, haqiqiy muhabbat haqida hikoya qilinadi. Qisqa metrajli film ayriliqdan so`ng erkakning ichki kechinmalari, hissiyotlariga bag`ishlangan. Kartina rejissyori Muxlisa Azizova, hali juda yosh, lekin shunga qaramay professionalligini alohida e`tirof qilmoqchiman. O`z ishining mutaxassislaridan tashkil topgan ijodiy guruhni ko`riboq, bu qizning o`z ishiga qanday mas`uliyat bilan qarashini tushundim. Meni bir holat hayron qoldirdi, Muxlisa jarayonga shu qadar kirishib ketarkanki, hatto, operator bilan birgalikda kamerani qaysi yo`nalishga moslashtirishni aytib turdi. S`yomka boshlanmasidan avval har bir lavhaning qanday bo`lishini xayolan tasavvur qila oladigan darajadagi ijodkor. Muxlisaga omad tilayman! Hali bu qiz haqida ko`p eshitamiz.

— Kino aktyor-aktrisalarini teatrga jalb qilish loyihasida ko`rinmadingizSizni ham taklifqilishgandir?

— «To`maris» spektakliga taklif qilishgandi, ammo o`sha paytlari kichkintoyimning tobi bo`lmagani uchun qatnasha olmadim. Ammo keyingi spektakllarda ishtirok etish niyatim yo`q emas. Ko`rayapsizmi, yana hammasi vaqtga borib taqalayapti. Hozirda O`zbekiston Madaniyat va san`at instituti «Televidenie rejissyorligi» kafedrasida bo`lajak rejissyorlarimizga mahoratdan dars berayapman. Birinchi yili ishlashim bo`lsa-da, talabalarimga bor tajribamdan kelib chiqib saboq berishga harakat qilayapman. Har bir talabaga o`z fikringizni etkazib berish qiyin jarayon. Institutda yigirma yildan buyon ishlayotgan pedagoglarni ko`rib, shuncha sabr-toqat, kuch-g`ayratni qaerdan olishadi, deyman.

— Qolaversahar bir dars mashg`uloti uchun tayyorgarlik ko`rish kerakshundaymi?

— Albatta! Yigirma olti yil davomida to`plagan tajribam pedagogik faoliyat uchun kamlik qiladi, agar darsga tayyorgarlik ko`rmasam. Bilasizmi, mening bir odatim bor, institut hovlisida qaysidir o`qituvchini to`xtatib, tushunmaganlarimni so`rab olishim mumkin. Bundan sira uyalmayman ham.

— Talabalaringiz sizni pedagog sifatida qabul qilishayaptimi yoki ko`proq aktrisamisiz ularuchun?

— (kulib) Bilmasam, buni ularning o`zlaridan so`rash kerak. Lekin bir narsani aniq aytolaman, bu yil juda iqtidorli talabalar qabul qilingan. Men ham rus, ham o`zbek guruhlariga dars beraman, birinchi semestrda talabalarim ancha yutuqlarni qo`lga kiritishdi. Menimcha, ko`proq pedagog sifatida qabul qilishadi. Negaki, birinchi kundanoq bu erda men aktrisa emas, pedagogman deganman.

— Qizingizning «O`tov» filmidagi roli yaxshi baholangandiZulfiqor Musoqov kartinasidagiishtiroki ham o`ziga xos bo`lganehtimol aktrisalikni davom ettirar?

— Qizim tibbiyot yo`nalishini tanlagandi, shunday bo`lsa-da, kinolarda ham suratga tushib turadi, deb o`ylardim. Chunki bir marta bo`lsa ham s`yomkada ishtirok etgan inson ijoddan ko`ngil uzishi qiyin. Lekin qizimda buning teskarisi bo`ldi. Zulfiqor Musoqov kartinasidagi ishtirokidan so`ng film, kliplardan ko`plab takliflar tushdi. Qizim bo`lsa, «Oyijon, hammaga aytib qo`ying, men boshqa kinoda o`ynamayman. Meni bezovta qilishmasin, darslarim qolib ketayapti», dedi. Ishonasizmi, hayron bo`lib qoldim. «Bular menga halaqit berayapti. To`g`ri, s`yomka jarayonini yoqtiraman, ammo ko`cha-ko`yda «Kinodagi qiz» deyishlari, meni tanib qolishlari yoqmayapti. San`atkor bo`lish mengamas ekan», deya o`zini chetga surdi. Buni qarangki, qizimning qaroridan o`zimga kelmasimdan katta o`g`lim birdaniga san`atga qiziqish bildirib qolsa-ya. Asli, ijodga xavasmandligi yo`q edi, doim xafa bo`lib qolardi, «Ijodiy safarlarda bo`lasiz, sizni kam ko`ramiz», deb. Kinolarga takliflarni esa eshitishni ham istamasdi. Endi esa «Oyijon, yaxshi rollarga kasting bo`layotganini eshitsangiz, ayting, o`zimni sinab ko`rmoqchiman», deyapti. Bolaning qarashlari o`zgarib turarkan, qarang.

— Uch farzandning onasitalabgir aktrisamahoratli pedagog yana talaba hamshuncha yugur-yugurlaringiz bo`lsa ham yosh ko`rinasizVaholankiyumushi ko`p inson tez qariydideyishadi?..

— (Kulib) Yosh ko`rinishimning siri oilaviy xotirjamlikka bog`liq. Turmush o`rtog`ingiz sizni tushunsa, sevsa, farzandlaringiz sog`-salomat bo`lishsa, har taraflama ko`mak berishsa, kun sayin yosharib boraverasiz. Negaki, ko`nglingiz xotirjam bo`ladi. Bundan tashqari, yosh ko`rinishning siri genga ham bog`liq, nazarimda. Ota-onam yoshlariga nisbatan navqironlar.

— Shu kungacha suratga tushgan filmlaringiz orasida ichki xissiyotlaringizga yaqin kelganiuchradimi?

— Har bir aktyor ijro etayotgan rollariga o`zidan nimadir qo`shadi. Ssenariynavis asarni qog`ozga tushiradi, rejissyor uni sahnalashtiradi, aktyor esa musavvirdek gap — u rang beradi. Tabiatan kuzatuvchanman, atrofimdagi insonlarda tuyg`ular ifodasi, nigohlar, bosh, qo`llar harakatini olaman. Hammasi katta ensiklopediya bo`lib yig`ilayveradi. Hozir siz bilan suhbatlashayotib ham kuzatayapman, qaddingizni tik tutib o`tirishingiz, javobimni tinglayotganingiz, qarashlaringiz, sizdan ham olaman bularni va qachondir qaysidir rolimda foydalanaman. Ammo shu holicha emas, albatta, ijro uni o`zimdagi xissiyotlar bilan yanadaboyitaman. o`zimdan nimadir qo`shaman. Ehtimol ko`pchilikdan olayotgandirman holatlarni (kuladi) lekin bularsiz, ijro etayotgan rollarda haqqoniylik bo`lmaydi.

— Ra`no opasuhbat uchun vaqt ajratganingizdan minnatdormizLekin xayrlashmaymizpremeradan so`ng savollarimiz bo`lar axir...

— Kelishdik!

Dildora YuSUFBEKOVA suhbatlashdi

FotomuxbirG`ayrat UBAYDULLAEV

Manba: Darakchi

Похожая музыка
Добавить свой комментарий:
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Вопрос:
ikki+ 2 = ?
Ответ:*

Наш опрос
Saytimiz sizga yoqtimi?