A B C D E F G G' H I J K L M N O P Q R S Sh T U V W X Y Z 0-9
Jurnalist “Ishani” tufayli o'zini osib o'ldirgan bolani “Ko'rinmas urush qurboni” deb hisobladi
Опубликовал: DODA
22-09-2015, 19:51
Просмотров: 19521
Комментарии: 0
 
 

"Oila davrasida” gazetasida chop etilgan "Ko'rinmas urush qurboni” nomli maqolada o'zbekistonlik blogerlar va jurnalistlarni tashvishga solayotgan asosiy muammo – Hindistonning "Senga oshiqman” serialiga yana bir bor tanqid toshlari yog'dirildi. Bu safar jurnalist globalroq fikrlashga tirishib, ushbu serial bilan bog'liq bir fojia qurbonining o'limida "mafkuraviy urush” izlarini qidirib ko'rdi.

Yaqinda Samarqand viloyatida 12 yoshli bola o'zini osib qo'ygani ko'p muhokamalarga sabab bo'ldi. Ma'lum bo'lishicha, chekka qishloqlardan birida turadigan ikkita bola qo'y boqib yurgan chog'da aynan shu serialni muhokama qilishgan. Ulardan biri kartinadagi sahnalardan birini jonlantirishga harakat qilib, daraxtga ilingan sirtmoqqa bo'ynini tutib bergan va tasodif tufayli osilib qolgan. Uning o'rtog'i qishloqqa borib, kattalarni chaqirib kelguniga qadar bolaning joni uzilgan.

"Yaqinda to'lqinlar qirg'oqqa chiqarib tashlagan suriyalik uch yoshli Aylon jasadining fotosuratlari dunyo hamjamiyatini larzaga keltirdi. Yurtdoshlarimiz ham buni ko'zda yosh bilan qabul qilishdi, bu murg'ak jasad timsolida urush qoralandi. Ammo serial ta'sirida o'zini daraxtga osib qo'ygan o'smir ham urush qurboni emasmi? Faqat ko'rinmas mafkuraviy urush qurboni! Uning bo'yniga sirtmoqni serialga qo'shilib kirib kelgan buzg'unchi g'oya solmadimi?!”, - deb iddao qiladi muallif.

Uning aytishicha, ushbu serial O'zbekistonda shu qadar ko'p muxlis topganki, hamma yoqda u "muhokama qilinmoqda”, hatto daftarlar yuziga bosh qahramon Ishanining surati bosilib chiqarilmoqda.
Bundan tashqari, maqolada Qashqadaryoda yangi tug'ilgan qiziga Ishani ismini bergan ota-ona yodga olinib, qoralandi.

Manba: "kun"

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.






Другие новости по теме:
Jurnalist “Ishani” tufayli o'zini osib o'ldirgan bolani “Ko'rinmas urush qurboni” deb hisobladi
Добавление комментария
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Вопрос:
ikki+ 2 = ?
Ответ:*


Скачать музыку бесплатно без регистрации

Здесь вы можете скачать музыку абсолютно бесплатно и без регистрации в зоне Tas IX, а если зарегистрируетесь - получите возможность добавлять любимые песни в плейлист, комментировать и оценивать музыку. Вся музыка на сайте разбита на категории, что делает скачивание mp3 более удобным и приятным.
Наши новинки обновляются каждый день и поэтому у нас всегда только свежая и актуальная музыка, которую также можно слушать онлайн!