Obidjon Begaliyev - Qishloqdagi qizlar
Qo'shiq matni / Текст песни
Kechagina qishloqdagi qizlarning bari
Menga sirli qiyo boqib qarashardi.
Qaramasa uylariga tunda borib,
Toshlar otib qochar edim, yarashardi.
Sahargacha atrofida aylanishib,
Dilxun uyga qaytar edim, bilishardi.
Kimni kutib turibdi bu yigitcha deb,
Devor osha moralashib kulishardi.
Bugun esa boz yigitman, bozlaganim
Bolaligim olislarda qolib ketdi.
Bir qishloq qiz orasida tanlaganim
Barmogiga tilla uzuk taqib ketdi.
Kechagina qishloqdagi qizlarning bari
Menga sirli qiyo boqib qarashardi.
Qaramasa uylariga tunda borib,
Toshlar otib qochar edim, yarashardi.
Qizlar endi devor osha moralashib,
Kimni kutib turibsiz, deb sorashmaydi.
Ketolmayman, bir hovliga o`ralashib,
Toshlar otib qochay desam yarashmaydi.
Kechagina qishloqdagi qizlarning bari
Menga sirli qiyo boqib qarashardi.
Qaramasa uylariga tunda borib,
Toshlar otib qochar edim, yarashardi.
Kechagina qishloqdagi qizlarning bari
Menga sirli qoshlar qoqib qarashardi.
Qaramasa uylariga tunda borib,
Toshlar otib qochar edim, yarashardi.