Shahzoda - Aldagan sen
Qo'shiq matni / Текст песни
Ko'zlarimga boq rostini so'zla,
Senga vafo etmadimmi?
Hammadan kechib, bir seni deya
Ayt balki xato qildimmi?
Men uchun yolg'iz, suyanchim eding
Ishongandim senga dilimni
Endi sen mendek, xo'rlanganingda
Men senga kerak bo'ldimmi
Aldagan sen...
Tunlar dardli yig'latgan sen
Armonlarga yuzlatgan sen,
Ishontirib ayt nega ketding
Aldagan sen...
Sensizlikka o'rgatgan sen
Yuragimni muzlatgan sen
Unutganda ayt nega kelding
Ko'zlarimga boq, qanchalar bu dard
Azoblagan yuragimni
Men yashar edim seni deb faqat
Sezmas edim keragimni
Ayt nega kelding yangilab yana
Unutilgan alamlarimni
Sen emasmiding ahir o'shanda
O'yin qilgan tuyg'ularimni
Aldagan sen...
Tunlar dardli yig'latgan sen
Armonlarga yuzlatgan sen,
Ishontirib ayt nega ketding
Aldagan sen...
Sensizlikka o'rgatgan sen
Yuragimni muzlatgan sen
Unutganda ayt nega kelding
http://dodasi.com